Boysunda yangi gaz koni ochildi
- 25.07.2019 18:11
- 232
- O‘zbekiston
24 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida (M25) yangi gazli ob’yekt topildi, - deya xabar bermoqda Surxondaryo viloyati hokimligining matbuot xizmati.
Ushbu gazli ob’yekt M25 ob’yektida olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida kashf qilindi. 1-O qudug‘ini barpo etishda XV va XVa gorizontlaridan tashqari XVI gorizonti ham aniqlandi. Ushbu gazning kundalik o‘rtacha oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi. Topilgan sanoat gazining oqimi XVI gorizontda gaz mavjudligini ko‘rsatib, M25 koni atrofidada yangi gazli ob’yektning topilganidan dalolat beradi.
Burg‘ulash va quduqni qurish ishlari “Surhan gas chemcal operating company” MChJ XK va “ERIELL” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. “ERIELL” kompaniyasi Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi va Yaqin Sharqda shu kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa