Qozog‘istondagi konda avariya sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi shaxtada bugun gaz chiqishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Korxona xodimlaridan biri bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga bo‘lgan, biroq keyinchalik konchining jasadi topilgan.

"ArcyelorMittal Temirtau» konida 4 kishi halok bo‘ldi. 3 noyabr kuni taxminan soat 03:00 da Shaxtinsk shahridagi Lenin nomidagi konda gaz drenaj quduqlarini burg‘ulash vaqtida to‘satdan gaz chiqishi vojeaga sabab bo‘lgan. 4 nafar ishchini qidirish davom etmoqda, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 106 nafar ishchi evakuatsiya qilingan”, deya xabar bergan respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Kon tarixi
Qarag‘anda metallurgiya zavodi global «ArcyelorMittal» kon korporatsiyasiga tegishli. Temirtaudagi zavodda 35 mingdan ortiq ishchi mehnat qiladi. Mazkur konda qazish ishlari 1960 yil boshidan amalga oshirilgan. Yiliga 1 million tonnaga yaqin ko‘mir qazib olinadi.

So‘nggi 45 yil ichida ushbu avariyalar bir necha bor sodir bo‘lgan. Baxtsiz hodisalar natijasida 60 dan ortiq konchi halok bo‘lgan. Eng yirik hodisa 2006 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda shaxtada metan portlashi natijasida 41 kishi halok bo‘lgan edi.