Turkmaniston Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qildi
- 07.08.2021 16:26
- 51
- Xorij
Turkmaniston Markaziy Osiyo va undan tashqariga tabiiy gaz va elektr energiyasini yetkazib berishni sezilarli darajada oshirishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Bugun.uz sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, bu yangilikni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘z bayonotida aytib o‘tgan. U mazkur bayonotni Kaspiy dengizining qirg‘og‘ida joylashgan «Avaza» milliy sayyohlik zonasida mintaqa davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvidan so‘ng bergan.
«Turkmaniston tomoni mamlakatdan Markaziy Osiyo davlatlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirishga tayyorligini bildiradi», degan Meredov.
U shuningdek, mamlakatdagi mavjud imkoniyatlar Markaziy Osiyo davlatlariga elektr energiyasini yetkazib berishni sezilarli darajada oshirish imkonini berishini ta’kidlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 18 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!