Turkmanistonda milliy yetakchining vakolatlari belgilandi: Sobiq prezident bir qator qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ldi
Turkmanistonning sobiq prezidenti, respublika parlamenti yuqori palatasi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan bir kun avval e’lon qilingan milliy lider vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy qonun yakshanba kuni “Neytral Turkmaniston” gazetasida chop etildi".
Hujjatdan kelib chiqadiki, umummilliy yetakchi davlat tuzilishi, ichki va tashqi siyosat va xavfsizlikning muhim masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari yuzasidan mamlakat xalqiga murojaat qilish doimiy huquqiga ega. Shuningdek, u Turkmaniston parlamenti majlislarida davlat va jamiyat hayotiga oid masalalarni ko‘rib chiqishda, qonun hujjatlarini muhokama qilishda, siyosiy partiyalar majlislari va qurultoylarida so‘zlashi mumkin. Turkman xalqining milliy yetakchisi va uning oila a’zolari daxlsizlik huquqiga ega. Bu uning mulkiga va oila a’zolarining mulkiga ham tegishli.
Avvalroq parlament yuqori palatasi raisi Vakillar palatasini tugatib, qonun chiqaruvchi hukumatni bir palatali parlament qilib qayta tashkil etishni taklif qilgan edi. U o‘z taklifini 11 yanvar kuni parlament har ikki palatasining qo‘shma yig‘ilishida bildirgan. Shu bilan birga, u ikki yil avval hukumat tizimini modernizatsiya qilish doirasida parlament ikki palatadan iborat Turkmaniston Milliy gengeshga aylantirilganini eslatdi.
Shanba kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov konstitutsiyaga Gurbanguli Berdimuhamedov boshchiligidagi bir palatali Xalq Kengashi (Xalq Maslahati) tuzish to‘g‘risida hamda respublikaning sobiq prezidentini milliy lider deb e’lon qilish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qonunlarni imzolagan.