Turkmaniston kapitali evaziga Samarqandda 5 ta korxona ochilgan
- 09.11.2022 17:18
- 65
- Dolzarb
O‘zbek va turkman xalqlari qadimdan yaxshi qo‘shnichilik, ishonchli hamkor, do‘stlik, birodarlik rishtalari bilan bog‘langan. Keyingi yillarda bu ishonch iqtisodiy sohalarda ham mustahkamlanmoqda.
Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda viloyatimizda Turkmaniston kapitali ishtirokida 3 ta qo‘shma va 2 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.
Kattaqo‘rg‘on shahrida savdo xizmati, Samarqand shahrida qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari bunga misol bo‘ladi.
2022 yilning yanvar-oktyabr oylarida viloyatimiz va Turkmaniston o‘rtasida tovar aylanmasi 19,9 million dollarni tashkil etdi. Shundan 16,6 million dollar import hamda 3,3 million dollar eksport amalga oshirildi.
Turkmaniston davlatiga asosan to‘qimachilik, meva-sabzavot, kimyo sanoati va boshqa turdagi mahsulotlar sotilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Talabalar Nankin politexnika institutida o‘qiydi
- Bugun, 17:01
- Ta’lim
Asosiy qomusimizni qanday o‘rganamiz?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim