Turkmanistondagi “Jahannam darvozasi” 54 yillik yonishdan so‘ng o‘cha boshladi

Darvoza krateridagi alanganing shiddati uch barobar kamaygan, endi olov faqat yaqindan ko‘rinadi.
Krater 1971 yilda sodir bo‘lgan avariya natijasida paydo bo‘lgan. Zaharli gazlar tarqalishining oldini olish maqsadida ularga o‘t qo‘yishga qaror qilindi. Olov bir necha kundan keyin o‘chishi kutilmoqda.
Qoldiq gazni tutib qolmoq va uning chiqindilarini minimallashtirish uchun uning atrofida qo‘shimcha quduqlar qazilgan.
Bu joy Turkmaniston uchun sayyohlik maskaniga aylangan, ammo ajib alanga ortida haqiqiy ekologik halokat yotibdi. Iqtisodiy jihatdan esa: yarim asr davomida yonib atmosferaga chiqarilgan 1,7 milliard kub metrga yaqin metan davlat g‘aznasiga kamida bir milliard dollar olib kelgan bo‘lishi mumkin.
Agar alanga nihoyat o‘chsa, darvoza o‘zining dahshatli jozibasini yo‘qotadi, lekin noyob geologik joy bo‘lib qoladi. Ayni paytda sayyohlar “Jahannam darvozasi”ni ko‘rishga intilmoqda, chunki yarim asrdan buyon davom etgan yong‘in joyida bir necha yillardan keyin Qoraqum cho‘lidagi qumliklarda faqat qora tuynuk qoladi, xolos.
Gulnora XOLDOROVA tayyorladi.