Braziliyada bir kecha-kunduzda salkam 55 ming nafar fuqaro koronavirus infeksiyasiga chalindi
- 20.06.2020 21:55
- 84
- COVID-19
20 iyun holatiga Braziliyada koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 1 032 0913 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kecha-kunduzda mamlakat bo‘ylab 54 771 nafar yangi koronavirus holati qayd etilgan. Mazkur holat mamlakat uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Mamlakatga pandemiya kirib kelgandan buyon jami 48 954 bemor koronavirus infeksiyasi oqibatida qo‘rbon bo‘ldi, 507 200 nafar bemor tuzaldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa