Bronxit kasalligi bor odamlarda vaksina og‘ir asoratlar qoldiradimi?

Ushbu savolga AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

➖ Ko‘p holatlarda bu kasallikni qayta xuruji yoki asoratlanishida tashqi muhitni ta’sirida organizmga tushgan viruslar ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, bronxit kasalligi bor bemorlar viruslar bilan to‘qnashuvdan o‘zlarini himoya qilishlari kerak, ya’ni karantin qoidalariga rioya qilishlari va vaksinani olishlari talab etiladi. Vaksina bu kabi bemorlarni kasalliklari asoratlanishini oldini olish imkoniyatini yaratadi. Ya’ni, vaksina olib organizmda himoya shakllanishi bilan, koronavirus organizmda kasallikni keltirib chiqarishini oldini olish mumkin yoki yengil kechuvida o‘tishga va asoratlanmaslikka yordam beradi.