Bu yil o‘qituvchilarning ta’til pullari kamayib ketadimi? XTV izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil o‘qituvchilarning ta’til pullari kamayib ketishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda va muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur axborotlarga aniqlik kiritdi.

"Xodimlarni yillik asosiy mehnat ta’tili uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun o‘rtacha ish haqini hisoblashda Direktor jamg‘armasidan to‘langan to‘lovlar inobatga olinmasligi xavotirga solmoqda.

Shu munosabat bilan hamda xalq ta’limi tizimi xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va ta’til pullarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida, tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarining mehnat ta’tili to‘lovlarida Direktor jamg‘armasidan amalga oshirilgan to‘lovlarni ham inobatga olinishi bo‘yicha ko‘rsatma xati taqdim etildi.

Hurmatli O‘qituvchilar yozgi mehnat ta’tilingiz maroqli o‘tsin", deyiladi xabarda.