Samarqandda har sakkiz o‘qituvchidan birida kasallik aniqlangan
Bu o‘tgan yilgi holat. Bu yil ushbu amaliyot bo‘ladimi-yo‘qmi, noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, umumta’lim maktablarining pedagoglari yilda bir marta tuman, shahar tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli poliklinikalarida (bepul) tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
2023 yilda butun mamlakat bo‘ylab o‘qituvchilar oyligi tashkil etilgandi. Oylik doirasida 67 ming 850 nafar maktab o‘qituvchilari va 18 ming 779 nafar bog‘cha tarbiyachilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Ko‘rikdan o‘tganlarning 10 ming 424 nafarida turli darajadagi kasalliklar aniqlangan.
Shundan 2445 nafarida hayotida birinchi marta kasallik aniqlangan. Ya’ni, avval hech qachon sog‘ligidan shikoyat qilmagan shuncha ustozlar xasta ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Kasalligi aniqlanganlarning 921 nafari tuman, 226 nafari viloyat, 2 nafari respublika darajasida sog‘lomlashtirilgan. Bundan tashqari, 10 nafarida yurak qon aylanishi tizimi, ko‘z kasalliklari, tayanch harakatlanish tizimi kasalliklari sabab - yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan.