Qo‘shrabotdagi maktabda o‘qituvchilar dars talashib mushtlashgani haqidagi xabarga izoh berildi
- 21.08.2023 12:06
- 1017
- Samarqand
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi maktabda o‘qituvchilar dars talashib mushtlashib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, tarqalgan videoda aks etgan maktabning Qo‘shrabot tumaniga aloqasi yo‘q.
"Yangi o‘quv yili oldidan dars talashib, mushtlashib ketgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, tuman hududida bunday maktab mavjud emas", deyiladi boshqarma xabarida.
Ma’lumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchilarning janjallashgani aks etgan lavha tarqalgandi. Ammo unda voqea qayerda va qachon sodir bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allikni kamaytirishda nimalar muhim?
- 30 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Bugun shoir Nodir Jonuzoq tug‘ilgan kun
- 35 daqiqa avval
- Mutolaa
Yur, chiqaylik sayrga, do‘stim...
- 2 soat avval
- Mutolaa
Dunyo neft bozoridagi asosiy dengiz arteriyalari
- 2 soat avval
- Xorij