Bugun 62 nafar bemor sog‘aydi, ularning 2 nafari samarqandlik

Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 32 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar hamda Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 62 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan xabar berishlaricha, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 56 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 41 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 3 nafari Toshkent shahridan, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatlaridan 2 nafardan, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlari hamda Armaniston Respublikasidan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2018 yilda tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 8 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 4 nafar ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1456 nafar tashkil qilmoqda.

Navoiyda tuzalgan fuqaro (28 yoshli erkak) esa Zarafshon shahridan bo‘lib, viloyatda sog‘ayganlar soni 111 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar 3330 nafarga yetdi.