Bugun: O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash kuni

Islom Abdug‘aniyevich Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti (1938-2016).

Islom Karimov 1989 yildan 2016 yilga qadar mamlakatni boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

1991 yil 31 avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. 1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.

U xalq dardiga quloq tutdi, tinchlik va osoyishtalikni ta’minladi, ko‘p millionli xalqni Vatan taraqqiyoti yo‘lida birlashtirib, islohotlarga safarbar etdi.

O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2017 yil 31 avgust kuni Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida uning birinchi haykali tantanali ochildi.

Shuningdek, Birinchi Prezident haykallari 2017 yil 2 sentyabrda Samarqandda, 2018 yil 30 yanvarda Qarshida va 2018 yil 18 oktyabrda Moskvada ochildi.

Bundan tashqari, Toshkent davlat texnika universitetiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Farg‘onadagi san’at saroyiga, Asakadagi avtomobil zavodiga hamda bir qator ko‘chalarga Islom Karimov nomi berildi.