Nega Islom Karimov maqbara-majmuasida suratga tushish mumkin emas?
- 05.07.2021 14:37
- 852
- Samarqand
Kecha vodiydan kelgan mehmonlar bilan birga Samarqanddagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qildik.
Islom Karimov maqbara majmuasini ziyorat qilayotganimizda shu yerda bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi hududda suratga tushish mumkin emas, dedi.
Nega? Bu yer strategik ob’yektmi? Amir Temur maqbarasida, Imom Buxoriy majuasida Shohi Zinda-yu, Registon maydonida mumkin-u bu yerda mumkin emasmi?
Nega unda yuqori martabali mehmonlar kelib ziyorat qilganda suratga, videoga olib namoyish etishga ruxsat beriladi-yu oddiy aholiga yo‘q?
Umuman, ziyoratgohda suratga tushishni taqiqlashda diniy nuqtai nazardan yoki qonunan biror bir asos yoki mantiq bormi?
Turizmni rivojlantirish haqida gap ketganda shunaqa “mumkin emas”, “taqiqlanadi” degan qoidalarni ham bir o‘ylab ko‘rish kerakdir...
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand