Bugundan Qozog‘istonda karantin tartibi kuchaytirildi
- 14.10.2020 10:44
- 424
- COVID-19
Aholi o‘rtasida COVID-19 dan zararlanish holati ko‘payganligi bois Nur-Sulton shahrida karantin tartibi kuchaytirildi.
Mahalliy davlat idoralari xodimlarining 60 foizi masofaviy ish tartibiga o‘tadi. Xususiy tadbirkorlarga ham ushbu tartibda o‘tish tavsiya qilingan. Kafe, restoran va oshxonalarning ish vaqti soat 9:00 dan 22:00 gacha qisqartirilmoqda.
Shuningdek, notariuslar, yuridik firmalar, ko‘chmas mulk agentliklari, sud ijrochilari va tur-operatorlar qisqartirilgan jadval asosida ishlaydi.
Yakshanba kunlari jamoat transporti to‘xtatiladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Keksa kuychi
- Kecha, 23:53
- Mutolaa
Xitoyda mansabdor pora olgani uchun qatl etildi
- Kecha, 16:04
- Xorij