Bulung‘urda 20 mingta broyler jo‘jalari parvarish qilinmoqda

Yaqinda Bulung‘ur tumanidagi G‘o‘bdin massivida “Amirbek Shaxboz parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyatida parrandachilik majmuai tashkil etildi. Ayni kunda bu yerda 20 ming bosh go‘sht uchun broyler jo‘jalari parvarishlanmoqda.

– Hamyurtlarimiz dasturxoniga yiliga 80 tonna sifatli parranda go‘shtini yetkazib berishni maqsad qilganmiz, – deydi jamiyat rahbari Shaxboz Mannonov. – Kelgusida bu kabi yana 2 ta parradachilik fermasini tashkil etib, parrandalar sonini 60 mingtaga yetkazishni rejalashtiryapmiz.

Tumanda 2020 yilda chorvachilikni rivojlantirish dasturiga asosan tashkil etilgan loyiha tadbirkor tomonidan 600 million so‘m moliyalashtirilgan bo‘lsa, 200 million so‘m miqdorida bank krediti ajratilgan. Loyihaning ishga tushishi natijasida 4 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Ozuqa va suv tarqatish, havo haroratini mo‘’tadil saqlash singari barcha jarayonlar Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida bajarilmoqda.

Bulung‘ur tumani hokimligi axborot xizmati.