Bulung‘urda ketchup va sous ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Fayzullayev va mas’ul xodimlar Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan “Samarqand-Konserva” aksiyadorlik jamiyatining oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishgan. Korxona 2023 yil davomida qiymati 1,1 mln. AQSh dollari 1,5 ming tonna konserva mahsulotlarini xorijga eksport qilingan.
Uchrashuvda bojxonachilar tadbirkor S.Shomahmudovga Bulung‘ur tumanida ham xorijiy brendlarni jalb qilgan holda ketchup va sous ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif bergan.
"Tadbirkor mazkur loyihani amalga oshirishda “Samarqand-Konserva” korxonasining imkoniyatlari mavjud ekanligini ma’lum qildi, - deyiladi xabarda. - Uchrashuv davomida “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidan foydalanishning afzalliklari, vakolatli iqtisodiy operatorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar tadbirkorga batafsil tushuntirildi".