Bulung‘urda tadbirkorlarning 18 000 AQSh dollari va 80 million so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda aniqlanishicha, “A” MChJ rahbari E.A. va fuqaro X.X. “Mingchinor” mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy “Eko bozori” hamda savdo majmuasi qurilishiga pudratchi sifatida jalb qilingan. Ular bu imkoniyatdan foydalanib, oldindan til biriktirgan va 4 nafar tadbirkorni aldab ularga ushbu majmuadan do‘kon olib berish evaziga 18 000 AQSh dollari va 80 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.