Buni ko‘rish kerak... Dunyodagi eng xavfli yo‘llar

Dunyoda xavfliligi bilan mashhur bo‘lganyo‘llar ko‘p. Tik qiyaliklar, qoyalar, toshlar, sharsharalar va yomon ob-havo sharoitidagi nol ko‘rinish ular bo‘ylab o‘tishga jur’at etadigan ekstremallar uchun halokatli bo‘lishi ham mumkin.

Biz globusni aylantirib, chetlab o‘tilishi lozim bo‘lgan unutilmas va nihoyatda jozibali dunyodagieng xavfli yo‘llarni topdik. Demak, xavfsizlik kamarlaringizni taqib oling!

Atlantika yo‘li (Norvegiya).

 Norvegiyadagi Atlantika yo‘li atrofdagi kichikqirg‘oq qishloqlarini bog‘laydi. Marshrut asosan sayyohlar uchun mo‘ljallangan, chunki bu yerdagi manzara juda ajoyib. Lekin go‘zallikka maftun bo‘lib qolmaslik kerak, negaki to‘satdan yo‘lga kelib urilgan to‘lqinlar mashinani o‘rab oladi vauni oqizib ketish ehtimoli juda katta.

Dalton Xayvey, Alyaska (AQSh)

Trans-Alyaska neft quvuri bo‘ylab o‘tadigandunyodagi eng qorli Dalton Xayvey katta tekis yo‘li dunyodagi eng izolyasiyalangan va har qanday sivilizasiyadan mutlaqo mahrum yo‘l hisoblanadi. 1974 yilda qurilgan magistral yo‘lning uzunligi 666 kilometr va bu masofa bo‘ylab atigi 3 ta kichik qishloq mavjud. Hushyorligini bir lahza yo‘qotgan haydovchi bir necha soniya ichida mashina boshqaruvini yo‘qotib, ag‘darilib ketishi mumkin.

Eshima Oxasi ko‘prigi (Yaponiya)

Uzunligi deyarli 2 kilometrni tashkil qiladiganEshima Oxasi ko‘prigi Yaponiyaning ikkita shahrini bog‘laydi. Agar siz uzoqdan qarasangiz, ko‘prik osmonga qarab ketayotgandek va u yerga borish g‘oyasi bo‘lgan odam shunchaki aqldan ozgandek tuyuladi. Biroq, bu balandlik kemalar ko‘prik ostidan o‘tishi uchun kerak.

 Kapitanlar yo‘li (Yangi Zelandiya)

Bir vaqtlar qazib olingan kon uskunalarini Kapitanlar vodiysiga tashish uchun tog‘larda qurilgan bu yo‘l juda mashhur bo‘lishi bilan birga juda xavfli joydir.

1900 yillardan beri u sifatini yo‘qotgan, tez-tez yog‘adigan yomg‘ir juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi, hosil bo‘ladigan ko‘chki o‘tib ketayotgan mashinalarning qulab tushishiga sababchi bo‘ladi.

 Stelvio dovoni, Italiya

Dengiz sathidan 2757 metr balandlikda joylashgan yo‘l Italiyaning Sharqiy Alp tog‘laridagi eng baland dovon bo‘lib, u orqali avtomobillar harakati amalga oshiriladi. Yo‘lning shimoli-Sharqiy qismi ko‘p sonli, ya’ni 48 ta g‘ayrioddiy zigzag keskin burilishlari tufayli eng xavfli qism hisoblanadi.

Sichuan-Tibet avtomagistrali, Xitoy

Bu, albatta juda chiroyli joy, lekin juda xavfli.Har qanday baland tog‘ yo‘llarida bo‘lgani singari Sichuan-Tibet avtomagistralidagi ko‘chkilar, tosh qulashi va ekstremal ob-havo ko‘pincha yo‘lning uzoq vaqt yopilishiga sabab bo‘ladi.

Agar bunga qor ko‘chkisi va kislorod yetishmasligini qo‘shsak, yo‘ldagi xavf-xatardarajasini tasavvur qilavering.


 Juoling tonneli, Xitoy

 Guoliang Xitoyning Tayxanshan tog‘laridagi ulkan toshda qazilgan dunyodagi eng mashhur tonnellardan biridir. Yo‘lning uzunligi 1,2 kilometr, tonnel balandligi 5, kengligi esa atigi 4 metr. Ushbu yo‘l5 yil davomida yaqin atrofda joylashgan qishloq aholisi tomonidan qurilgan. Mahalliy aholiJuolingni xatolarni kechirmaydigan yo‘l deb ataydi. Bu bejiz emas, tonnelning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarlikka chiqadigan yoriqlar bor, bundan tashqari, bu yerda to‘siqlari yo‘q juda ko‘p keskin burilishlar mavjud.