Bunyod Mardonov va Otajon Xudoyshukurov Toshkentga boradi

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, iqtidorlarini aniqlash yo‘lida bir qator ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan sinovlardan biri fan olimpiadalaridir.
Joriy yilning 5-8 yanvar kunlari Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim maktablari hamda akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadalarining III (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur fan olimpiadasida Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Bunyod Mardonov tarix fanidan uchinchi o‘rinni, 3-bosqich o‘quvchisi Otajon Xudoyshukurov tarix fanidan ikkinchi o‘rinni egallab, olimpiadaning navbatdagi IV (respublika) bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Zamon Begimov.