Buxoro bilan birga yaşagan, Buxoroga aylangan şoir
Şunday kişilar borki, butun umrini bir Vatanga, bir muqaddas zaminga, bir ezgu ğoyaga bağişlaydi. Ular ketganidan keyin ham yaşaşda davom etadi — yozgan sözlarida, qoldirgan izlarida, qalblarga singdirgan mehrida, şogirdlari taqdirida yaşaydi.
Ana şunday umrini ilmga, adabiyotga va maʼrifatga baxşida etgan uluğ insonlardan biri — şoir, tarjimon, tasavvufşunos olim Sadriddin Salim Buxoriy edi.
1946 yil 16 noyabrda qadimiy Buxoroning Çöpboz guzarida dunyoga kelgan olimning taqdiri göyo şu muqaddas şaharning köhna devorlari, osmonöpar minoralari, fayzli ziyoratgohlari va asrlar qaʼridan taralib turgan maʼnaviy nafasi bilan çambarças boğlanib ketgan edi. U Buxoroda tuğildi, Buxoroda kamol topdi va butun ijodiy umri davomida Buxoroning ruhini, tarixini, maʼnaviy qiyofasini qalamga muhrladi.
Uning hayoti — şovqin-suronsiz, ammo mazmun va maʼno bilan töla bir umrning yorqin namunasi edi. Sadriddin Salim Buxoriy qalbidagi tuyğularni şeʼrga aylantirdi. «Oqquşim», «Erka quşim», «Yoruğlik odami», «Römolça», «Buxoroga Buxoro keldi», «Durdonalar» kabi şeʼriy töplamlari orqali adabiyot muxlislari qalbidan joy oldi. Uning şeʼrlarida samimiyat bor, soğinç bor, muhabbat bor. Eng muhimi, ularda Vatan degan buyuk tuyğu bor edi.U qalamini faqat şeʼriyat bilan çeklab qöymadi. Buxoroning köp asrlik maʼnaviy merosini örganiş, avliyolar va allomalar hayotini xalqqa yetkaziş yölida ham ulkan mehnat qildi. «Bahouddin Naqşband yoki yetti pir», «Uç avliyo», «Hazrat Abu Kafs Kabir», «Ikki yuz yetmiş yetti pir», «Hazrat Bahouddin Naqşband», «Hazrat Kaʼbul Axbor Valiy» kabi tarixiy-maʼrifiy asarlari orqali xalqimizning boy maʼnaviy xazinasiga munosib hissa qöşdi. Bu asarlarning har birida tarixga ehtirom, ajdodlar ruhiga sadoqat, maʼnaviyatga muhabbat mujassam.
Uning ijodiy faoliyati kino va televideniye sohasida ham samarali keçdi. Beş qismdan iborat «Imom al-Buxoriy» televideofilmi, «Abu Hafs Kabir», «Hojai Jahon» telefilmlari ssenariylarini yozib, buyuk ajdodlarimiz hayoti va maʼnaviy merosini keng ommaga yetkazişga xizmat qildi.
Sadriddin Salim Buxoriy tarjimon sifatida ham özbek adabiyoti va maʼnaviyatiga ulkan hissa qöşdi. Uluğ nemis şoiri Gyotening «Ğarbu Şarq devoni» asarini nemis tilidan özbek tiliga ögirdi. Xoja Orif Revgariyning «Orifnoma», Muhammad Boqirning «Maqomati Şohi Naqşband», Xoja Şahobiddinning «Maqomati Sayid Mir Kulol» asarlarini fors-tojik tilidan tarjima qilib, xalqimizning maʼnaviy bisoti yanada boyişiga xizmat qildi.
U bir tildan ikkinçi tilga faqat sözlarni emas, balki maʼnolarni, ruhiyatni, asrlar davomida şakllangan tafakkur va hikmatlarni olib ötdi. Bu esa har qanday tarjimonga ham nasib etavermaydigan katta masʼuliyat va yuksak isteʼdoddir.
Sadriddin Salim Buxoriy şaxsiyatining eng yorqin qirralaridan biri — uning Vatanga bölgan çeksiz muhabbati edi. Uning uçun Buxoro oddiy bir şahar emas, balki yurakning eng aziz göşasi, ruhiyatning makoni, umrning mazmuni edi. U Buxoroni seviş orqali butun Özbekistonni sevişni, uning har bir qariç yerini qadrlaşni örgatdi. U Vatanni balandparvoz sözlar bilan emas, balki butun umri, ijodi va qalb qöri bilan sevdi.
Şu bois uning şeʼrlarini öqigan inson Buxoroning köhna köçalarini körgandek, minoralaridan taralayotgan azon sadosini eşitgandek, qadimiy şaharning sirli va munavvar nafasini his etgandek böladi. Şoir özining bir şeʼrida şunday yozgan edi:
Meni izlab mozorlarga bormang zinhor,
Qalb riştasi şu Vatanga boylangandir.
Buxoroga kelib qarang takror-takror,
Sadriddin ham Buxoroga aylangandir.
Bu misralar şunçaki şeʼr emas. Bu — şoirning butun hayoti, butun ijodi, butun borliğining xulosasi. U Buxoroni şunçalar sevdiki, oxir-oqibat özi ham Buxoroning bir bölagiga, uning maʼnaviy qiyofasiga aylandi.
Şoir 2010 yil 10 mart kuni yurak xuruji tufayli 64 yoşida bu foniy dunyoni tark etdi. Uning ketişi adabiyot, ilm-fan uçun oğir yöqotiş böldi. Ammo insonning umri uning dunyodan ötgan kuni bilan ölçanmaydi. Insonning haqiqiy umri — u qoldirgan ezgulik, aytgan haq sözlari, qalblarga soçgan ziyosi bilan davom etadi.
Bugun, 16 noyabr — Sadriddin Salim Buxoriy tavalludining 80 yilligida, uning hayoti va ijodini yodga olar ekanmiz, bir haqiqatni yana bir bor anglaymiz: u ustoz edi — şogirdlari qalbida yaşaydi. U şoir edi — şeʼrlari orqali yaşaydi. U olim edi — asarlari orqali yaşaydi. U Vatan farzandi edi — xalq xotirasida yaşaydi.