Buyuk jahongirning harbiy mahorati nimada edi?

Samarqand davlat meditsina instituti harbiy kafedrasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda institut talabalari, kursantlar bilan birga Siyob tibbiyot kolleji va Samarqand shahrida 10-umumta’lim maktabi o‘quvchilari, 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Amir Temurning davlatchilik siyosati, “Temur tuzuklari” asarida ilgari surilgan g‘oyalar, “Kuch – adolatda” tamoyilining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchi-yoshlarga buyuk jahongirning harbiy-sarkardalik mahorati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

K.EShQUVATOV.