Chexiyada O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi

TIV mamlakatning Berlin shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 8-iyun kuni qurilish maydonida baxtsiz hodisa (temir plitaning qulashi) oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 20.05.1964 yilda tug‘ilgan Alijon Urajbekov vafot etgan.

Qayd etilishicha, konsullik-huquqiy masalalarini joyida hal qilish uchun Chexiyaga borgan elchixona xodimiga mazkur fakt politsiya tomonidan tasdiqlangan.

Tergov ishlari bilan Chexiya kriminal politsiyasi shug‘ullanmoqda.

Ayni paytda Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda.