Yamanda sadaqa tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda kamida 90 kishi halok bo‘ldi
- 20.04.2023 10:24
- 51
- Xorij
Husiylar (isyonchilar harakati) nazorati ostidagi Sanoda sadaqa tarqatish paytida yuz bergan tiqilinchda kamida 90 kishi halok bo‘lgan, 300 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda bugun Sky News Arabia favqulodda xizmatlardagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Voqea payshanbaga o‘tar kechasi shaharning markaziy qismida joylashgan Bab al-Yaman hududida sodir bo‘lgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tiqilinch bir nechta savdogarlar tomonidan sadaqa tarqatish vaqtida yuz bergan, ulardan ikki nafari hibsga olingan.
Xabarga ko‘ra, Husiylar oliy siyosiy kengashi rahbari Mahdi al-Mashat voqeani tekshirish uchun ichki ishlar organlari va prokuratura vakillaridan iborat komissiya tuzish topshirig‘ini bergan.