Rossiyada 21 yoshli o‘zbekistonlik qurilishda halok bo‘ldi
- 01.03.2023 16:01
- 160
- Xorij
Rossiya Federatsiyasining Leningrad oblastidagi qurilish maydonchasida ikki nafar mehnat migranti halok bo‘ldi. Mazkur holat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023 yil 21 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19:00 da Leningrad oblast, Vsevolojsk tumani, Zanevskoye shaharchasida qurilish maydoni hududida pudratchi «Stroykraft» MCJning ikki nafar quruvchisi qurilish fasad lifti yiqilishi oqibatida vafot etgan.
Vafot etgan quruvchilarning bir nafari 2002 yilda tug‘ilgan J.A. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Tergov idorasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa