“Damas” va “Zil” to‘qnashuvi katta yong‘inga sabab bo‘ldi
- 29.06.2020 09:15
- 373
- Hodisa
Kecha, 28 iyun kuni soat 14:15 da Toshkent viloyati Ohangaron shahri, Guliston MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda yong‘in kelib chiqdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
Buning oqibatida ushbu hududning 190 metr kvadrat maydoni, ya’ni do‘konning shifti va ichki jihozlari hamda oziq-ovqat mahsulotlariga zarar yetgan.
Mazkur xabar yuzasidan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etdi. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 90 metr kvadrat saqlab qolindi.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga “Damas” hamda “Zil-130” rusumli avtomobillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 45 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 49 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi