Dars vaqtida to‘saddan vafot etgan o‘quvchi qizning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda

Avvalroq Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta’lim maktabida o‘quv yilining ilk kunida 9-sinf o‘quvchisi (qiz bola) dars vaqtida to‘satdan vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi taynlangan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, marhumaning o‘limiga o‘tkir nafas yurak-qon tomir yetishmovchiligi tez va qisqa vaqt ichida yuzaga kelganligi sabab bo‘lgan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.