Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi

Mazkur hujjatga muvofiq:

➖ 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab, “E-Anticor.uz” elektron platformasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashni nazarda tutuvchi "Ye-Antikorrupsiya" loyihasi to‘liq ishga tushiriladi;

➖ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri" (“past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida) shakllantiriladi va Internet tarmog‘ida ochiq e’lon qilib boriladi;

➖ Har bir aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➖ “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkoni yaratiladi;

➖ OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladgan imtiyozlarning ro‘yxati yagona xujjatda shakllantiriladi hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanadi;

➖ OTMlarda talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash joylashtirishnig elektron tizimi joriy etiladi;

➖ Avtobekatlarda tadbirkorlik ob’yektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlari yaratiladi;

➖ Tashqi reklama ob’yektlarini joylashtirish onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiriladi va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.