Samarqand - elektromobillar soni ko‘pligi bo‘yicha 3-o‘rinda
O‘zbekiston 2030 yilgacha elektromobillar ulushini 10 foizga yetkazmoqchi. Hozirda mamlakatda 86,1 mingdan ortiq elektromobil ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismi, ya’ni 65 mingtasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent va Samarqand viloyatlari egallagan.
Kelgusi besh yilda elektromobillar soni besh baravarga oshiriladi. 2026 yilda elektromobillar soni barcha yengil avtomobillarning qariyb 2 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2027 yilda 2,7 foizni, 2028 yilda - 5 foizni, 2029 yilda esa 7 foizni tashkil etadi. Hisoblarga ko‘ra, 2030 yilga borib mamlakatdagi har o‘ninchi yengil avtomobil elektromobil bo‘ladi.
Xususan, ekologik avtomobillarni ko‘paytirish bo‘yicha besh yillik dastur amalga oshiriladi. Uning doirasida mahalliy elektromobillarga 12 foizli, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizli avtokreditlar ajratiladi.
Elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil qilish uchun tadbirkorlarga 10 foizli imtiyozli kreditlar beriladi, yer maydonlarini auksiondan 2 baravar arzon narxda sotib olish imkoniyati yaratiladi. Stansiyalarda avtomobillarni zaryadlashda 1 kVt/soat elektr energiyasi narxining 300 so‘mdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi. Shuningdek, elektromobilda taksi xizmati ko‘rsatadigan fuqarolarga ham bir qator imtiyozlar beriladi.
D.To‘xtayev tayyorladi.