Jomboylik iqtidorli yoshlar SamDUga taklif etildi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb etish va kasbga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi «Ochiq eshiklar kuni» bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jomboy tumanidagi maktablardan kelgan 50 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Muloqot davomida soha mutaxassislari - SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Umidullayev, o‘quv bo‘limi bosh mutaxassisi Samad Tolliboyev, marketing va talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Murod Hojiyevlar abituriyentlarga universitetning ilmiy va ta’lim salohiyati haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbir davomida o‘quvchilar universitet tarkibidagi institut va fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Bitiruvchilar universitetning zamonaviy ilmiy laboratoriyalari va muzeylariga sayohat qilib, ilm-fan muhitini yaqindan his etdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislardan kerakli tavsiyalar oldi.