Mahallamizning simyog‘ochlari qachon almashadi?
Toyloq tumani Davlatobod mahallasida yashaymiz. Mahallamizning 1960 yillarda o‘rnatilgan simyog‘ochlarini almashtirish uchun beton ustunlar olib kelinganiga qariyb ikki yil bo‘lyapti.
Qaysi ko‘chaga kirsangiz yo‘l yoqasida yerda taxlanib, loyga qorishib yotgan temir-beton ustunlarni ko‘rasiz. Lekin, elektrchilarning ularni almashtirishga vaqtlari bo‘lmayapti, shekilli, hanuz qiyshayib eski simyog‘ochlar turibdi. Sal shamol bo‘lsa tebranib, elektr simlari bir-biriga tegib, qisqa tutashuv bo‘ladi va ...“svet”imiz o‘chib qoladi.
Bir necha bor tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari iltimos qilishimizga qaramasdan va’da berishdan boshqasiga o‘tishmayapti. 2026 yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlandi. Sizlardan iltimos, bir so‘rab ko‘ringizlar-chi, ularning qachon kelib o‘rnatishlariga vaqti bular ekan?..
Shahriyor Sunnatov.