Davlat dasturi ijrosi OAVda qanday yoritilishi lozim?

Payariq tumanidagi «Payariq hayoti» gazetasi tahririyatida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va vazifalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda jurnalistlar, jamoatchi muxbirlar, viloyat va Payariq tumani kasaba uyushmalari tashkilotlari a’zolari, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Unda matbuot nashrlarida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining sifatli yoritilishini ta’minlash, shuningdek, shu yilning 11 yanvarida Prezidentimizning Samarqand viloyatiga tashrifida topshirilgan vazifalarning bajarilishini keng yoritish masalalari muhokama etildi.

- Aholini hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida atroflicha xabardor qilish maqsadida jurnalistlar oldiga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturini amalga oshirish jarayonini keng yoritish vazifasi qo‘yilgan, - deydi O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbari F.Toshev. - Bu borada jurnalistlarning yetarli malaka va mahoratga ega bo‘lishi, ularda aniq ijtimoiy pozitsiya, mas’uliyat hissi, davlat dasturi va davlatimiz rahbari topshiriqlari ijrosi ta’minlanishini sodda usulda o‘quvchilarga yetkazib berishi lozim.

Davra suhbatida matbuot nashrlari xodimlarining hokimlik, idoralar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borishi va davlat dasturi, Prezidentimiz siyosatini aholiga xolis, tezkor va aniq bajarilgan ishlar asosida yetkazish bo‘yicha fikr almashildi.