"Dekret"da bo‘lsam, bayram mukofoti to‘lanmaydimi?
Men bank muassasasida ishlayman, dekabr oyida "dekret"ga chiqdim. Hozircha 4 oylik "dekret"daman. Ya’ni, tabelda kasallik varaqasida bo‘laman.
Agarda bayram munosabati bilan bayram puli beriladigan bo‘lsa, menga ham berilishi kerakmi yoki berilmaydimi?
S.Botirova.
- Mehnat kodeksining 153-moddaga ko‘ra, bu masala shu korxonaning jamoa shartnomasi yoki ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlarga doir boshqa lokal hujjatlari bilan hal qilinadi. Mukofotni to‘lash yoki to‘lamaslik shu hujjatlarda qanday belgilanligiga bog‘liq.
Ya’ni, agar jamoa shartnomasi yoki ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlarga doir boshqa lokal hujjat (nizom, yo‘riqnoma)da bayram mukofotlari:
- amalda ishlayotgan va bevosita mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarga to‘lanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, demak ish beruvchi sizga mukofot to‘lamasligi mumkin;
- agar yuqoridagi cheklov bo‘lmasa yoki mukofot korxonadagi barcha xodimlarga to‘lanishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, albatta sizga ham to‘lanishi kerak.