Deport qilingan fuqarolarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Hukumat qaroriga ko‘ra, 1 sentyabrdan boshlab, xorijda qonunbuzarlik sodir etib, O‘zbekistonga readmissiya (fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs) asosida qaytarilgan shaxslarga ikki yil davomida xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirilmaydi.

Shuningdek, Migratsiya agentligi tomonidan xorijiy davlatning qonunchilik hujjatlarini buzishi natijasida deportatsiya qilingan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuziga va obro‘-e’tiboriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga doir ma’lumotlar Migratsiya jarayonlariga doir ma’lumotlarning yagona elektron bazasi orqali yuritiladi.