Deputat anketasi: Qo‘l qovushtirib turganimiz yo‘q

1. Saylov okrugingizda 2020 yilda qanday loyihalar rejalashtirilgan? Ular ijrosiga kirishilganmi?

2. Joriy yilda hududda bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda. Yo‘llar ta’mirlanyapti, maktablarda zarur qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida ham o‘nlab loyihalar hayotga tatbiq etilayotir.

Ammo pandemiya sabab ayrim loyihalar o‘z vaqtida amalga oshirilmay qoldi. Misol uchun, tasdiqlangan davlat dasturi asosida Samarqand veterinariya meditsinasi instituti to‘liq qayta ta’mirlanishi kerak edi. Afsuski, karantin tufayli bu ishlarni amalga oshirish ortga surildi.

Shu bilan birga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi va partiya deputatlik guruhi rejasiga muvofiq bir qancha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, “Uyma-uy”, “Deputat bilan yuzma-yuz” loyihalari doirasida aholi xonadonlariga borib, yashash sharoitlari va hududdagi mavjud ahvolni o‘rgandik.

O‘rganishlarda qator muammolar, misol uchun, Samarqand shahridagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi aniqlandi. Mutasaddi tashkilotlarga yo‘llangan deputatlik so‘rovi asosida maktabda tamirlash ishlari olib borildi.

2. Deputat sifatida bevosita o‘zingiz saylangan saylov okrugida mahalla yoki mehnat jamoasida qanday tadbir o‘tkazdingiz?

2. Hududdagi 25 ta mahalla kesimida qabullar, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish grafigi ishlab chiqilgan.

O‘tkazilgan qabul va uchrashuvlarda 30 yaga qin murojaatlar bo‘ldi. Murojaatlarning aksariyatini kommunal sohaga oid muammolar tashkil etadi. Aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilib, masalalar bartaraf etilmoqda.
Joylardagi o‘rganish va aholi bilan uchrashuvlar davomida 21 ta ehtiyojmand oila ro‘yxati shakllantirildi. Ular “temir daftar”ga kiritilib, zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

3. Deputat sifatida o‘zingiz saylangan saylov okrugi hududidagi aholi muammolarini hal etish yuzasidan yuborilgan oxirgi deputatlik so‘rovining mazmuni va natijasini sharhlang.

3. Joriy yilning 20 avgust kuni “Uyma-uy” loyihasi doirasida Samarqand shahar Bog‘ishamol mahallasida yashovchi fuqaro O.Tagiyeva ijtimoiy ko‘makka muhtojligi, oilasi kam ta’minlanganligi, oilasida yagona boquvchi ekanligini bildirib, yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Suhbat davomida uning tikuvchilik hunari borligi, ammo tikuv mashinasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga deputat so‘rovi yubordim. Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, Samarqand shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yordami bilan O.Tagiyevaga tikuv mashinasi berdi.

Dilfuza Ravshanova,
7-Istiqlol saylov okrugidan Samarqand viloyati Kengashi deputati.