Deputatlar o‘z vakolatidan qanday foydalanyapti?
Elektorat xalq ishonchini oqlay olayaptimi? Saylovchilarga bergan va’dalar uddalanyaptimi? Deputatlar mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yil uchun belgilangan davlat dasturining qaysi jihatlariga e’tibor qaratishi zarur?
O‘zbekiton "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda shu kabi savollarga javob izlandi.
– Bugun odamlarning dunyoqarashi, huquqiy savodxonlik darajasi ancha o‘sdi, – deydi xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati T.Xoliqova. – Buni saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, deputatga murojaat bilan kelayotgan yurtdoshlarimizning fikrlaridan anglash mumkin. Aholi ijtimoiy ahamiyatga molik muammo va masalalarni o‘rganib, samarali tahlil qilib, ularning yechimiga aniq va asoslantirilgan takliflar bilan chiqishimizni talab etmoqda.
Yig‘ilishda deputatlik so‘rovining mohiyati, ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Lola SAYIDOVA.