Deputatlarning odamlarga nafi tegyaptimi?
Odamlar hokimiyatda o‘zlarining vakili bo‘lishi uchun kimnidir deputatlikka saylaydi. Deputatlar bildirilgan ishonchga munosib ish olib borayaptimi? Kengash-chi? Uning faoliyati o‘zgaradimi?
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Ro‘zigul Magripova bilan suhbatimiz shu va boshqalar xususida bo‘ldi.
Avvalgi chaqiriqda ham xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylangan R.Magripova deputat nima ish qilish kerakligini bilishmaganini ham qayd etdi.
Uning bildirishicha, avvallari deputatlar sessiyada ko‘rilayotgan masala mohiyati va qabul qilinayotgan qarorlarni tushunib-tushunmasdan qo‘l ko‘tarib ketgan paytlari ham bo‘lgan.
2021 yil avvalida Kengash kotibiyati mudiri sifatida ish boshlagan R.Magripova hamon deputatlar ishidan qoniqmasligini aytdi.
Bunga misol qilib, xalq vakillari qaysidir idora yoki tashkilotda ishlashi, deputatligi jamoatchilik asosida bo‘lgani uchun saylovchilarga kam vaqt ajratayotgani ko‘rsatdi.
U suhbat davomida boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tdi.
Suhbatning to‘liq varianti bilan quyida tanishishingiz mumkin.