Din ulamolari muhtojlardan xabar oldi
- 12.12.2019 09:50
- 112
- Jamiyat
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi Usmonxon Alimov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatidagi yordamga, mehr va muruvvatga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar bilan uchrashmoqda.
Xayriya tadbiri davomida viloyatdagi 50 nafar kam ta’minlangan, 30 nafar eshitish va gapirishida nuqsoni bor shaxslar, 20 nafar chin yetim bolalar, 10 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi bilan ona Vataniga qaytarilgan 2 nafar bola hamda afv etilgan 10 nafar fuqarolarga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatildi. Ularga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, kiyim-kechak, diniy-ma’rifiy mazmundagi adabiyotlar ulashildi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa