"Dinamo" bugun Coca Cola O‘zbekiston kubogi uchun maydonga tushadi
- 28.06.2020 15:15
- 231
- Sport

Bugun (28 iyun) Coca Cola O‘zbekiston kubogining ikkinchi saralash bosqichi bellashuvlari o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich saralash uchrashuvlarida Farg‘onaning «Istiqlol» (0:3) jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan Samarqandning «Dinamo» jamoasi futbolchilari «Oqtepa»ga qarshi, “Neftchi”jamoasi esa “Sho‘rtan” klubiga qarshi maydonga tushadi. Bahslar soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar karantindan so‘ng mashg‘ulot o‘tkazish uchun kam vaqtga ega bo‘lganliklari bois saralash bahslari 90 daqiqa davom etadi. Asosiy vaqt ichida g‘olib aniqlanmasa, qo‘shimcha vaqt berilmaydi - to‘g‘ridan to‘g‘ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.
G‘alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliga kubogining guruh bosqichiga yo‘llanma oladi.
Final o‘yini Namangan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Dilshod O‘tamurodov.