Do‘kondan 60 milliondan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan o‘smir ushlandi

Joriy yilning 14 martdan 15 martga o‘tar kechasi 20 yoshli L.O‘. Andijon tumani "Orol" mahallasida joylashgan, fuqaro S.U.ga tegishli savdo do‘koniga eshik qismini qirqish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon ichidan 60 100 000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-taroj qilib hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV hzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabariga ko‘ra, L.O‘. ashyoviy dalillar bilan protsessual tartibda ushlangan va ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.