Dollar kursi qariyb 9500 so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 1 oktyabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 22,11 so‘mga ko‘tarilib, 9 446,65 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa - 50,27 so‘mga pasayib, 10 332,75 so‘mni;

Rossiya rubli - 1,08 so‘mga kamayib, 146,19 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.