Aholi taxminiga ko‘ra, yil oxirigacha dollar narxi qanchaga ko‘tariladi?

Iqtisodiyotdagi inflyasion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha Markaziy bank aholi va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. MB so‘rovida butun respublika bo‘ylab 900 nafar jismoniy shaxs hamda 375 nafar yuridik shaxs ishtirok etdi.

Aholining 2019 yil yakuniga ayirboshlash kursi bo‘yicha kutilmalari sentyabrda o‘rtacha 1 AQSh dollari 9837 so‘mga, tadbirkorlar kutilmalari esa o‘rtacha 1 AQSh dollari 9895 so‘mga teng bo‘ldi.

«So‘rov ishtirokchilarining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari kelgusi davrlarda milliy valyutaning tebranuvchanlik darajasiga nisbatan noaniqlik ta’siri ostida shakllandi», deyiladi hisobotda.