So‘mning dollarga nisbatan kursida keskin tebranish kutilmayapti — Markaziy bank

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, so‘mning keskin qadrsizlanishi kutilmayapti.

Iqtisodiy faollikning tiklanish va asosiy tashqi savdo hamkorlarimiz ichki valyuta bozorida holatning nisbatan barqaror shakllanishi, almashuv kursining keskin tebranishlariga olib keluvchi fundamental omillar xatarlari ehtimoli pastligi kuzatilmoqda. Regulyatorga ko‘ra, yil so‘nggiga qadar ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif mutanosibligini saqlash yuzasidan yetarli sharoitlar mavjud.

Markaziy bank kelgusi oktyabr-dekabr oylari davomida ham ichki valyuta bozoriga intervensiyalarni amalga oshirib boradi. Zaruriyatga qarab yil boshidan oltin xaridi va amalga oshirilgan intervensiya operatsiyalari o‘rtasidagi tafovutdan hosil bo‘lgan 300 mln. dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi ham ushbu maqsadlarga yo‘naltirilishi mumkin.