Dovtepalik Gulmira Boltayevaga pasport beriladi

Payariq tumanidagi Nakurt mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Dovtepa qishlog‘ida yashovchi Gulmira Boltayeva Qozog‘iston fuqarosi. Lekin turmush qurib, shu qishloqda yashayotganiga 10 yildan oshgan, 3 nafar farzandi bor.  Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Jamoatchilik nazorati guruhining 2-guruhi a’zolari fuqaroning bu masala bilan bog‘liq muammosini batafsil o‘rgandi.

Natijada tuman ichki ishlar bo‘limi bilan telefon orqali bog‘lanib, masalani tushuntirdi. Ayni paytda G.Boltayevaga pasport berish bilan bog‘liq jarayon mavjud qonunchilik asosida ko‘rib chiqish va unga pasport berish ishi boshlab yuborildi.

Dilmurod TO‘XTAYeV.