DTM iqtidorli o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan maktabga saralab beradi

Bugun, 9 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘qish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Test savollari 30 ta, ya’ni 20 ta matematika, 10 ta ona tili fanidan bo‘lib, Davlat test markazi tomonidan tuzilgan.

Test sinovlarida 220 nafar 7-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Imtihon ikki navbatda olinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktabga 7- va 8-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi.

Bugun 7-sinflar uchun, ertaga 8-sinf o‘quvchilari uchun imtihon olinadi.

Ma’lumot uchun: ushbu maktab-internatda o‘qish istagida jami 460 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lib, ularning 120 nafari saralab olinadi.

Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.