Dunyo voqealari qisqa satrlarda: AQShda ishdan chetlatilgan spiker o‘rniga Tramp tavsiya etilmoqda, Turkiyada 900 kishi hibsga olindi, Ilon Mask yana eng boy odam
🔻 AQSh Kongressi Vakillar palatasi tarixda ikkinchi bor spikerni ishdan bo‘shatdi. Palata a’zolari respublikachi Kevin Makkarti spikerlik lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi. Qayd etilishicha, Makkarti qayta saylanish uchun kurashmaydi.
🔻 Kongressmen (respublikachi) Troy Nels Vakillar palatasi spikeri lavozimiga Tramp nomzodini ilgari surmoqda.
🔻 Tog‘li Qorabog‘da tan olinmagan respublikaning uch nafar sobiq prezidenti qo‘lga olindi. Shuningdek, respublika parlamentining sobiq spikeri David Ishxanyan ham hibsga olingan. Tergov qaysi moddalar bo‘yicha olib borilayotgani aniq emas.
🔻 Rossiyada dollar kursi 14 avgustdan beri ilk bor 100 rubldan oshdi. Dollar 0,49 foizga qimmatlashgan va 100,23 rublni tashkil qilgan.
🔻 Turkiya xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli operatsiya doirasida 900 dan ortiq kishini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga olgan. Shuningdek, Anqaradagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonida terakt uyushtirgan xudkush-terrorchi shaxsi aniqlandi, u respublikada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi a’zosi bo‘lib chiqdi.
🔻 Amerikalik milliarder Ilon Mask yana sayyoradagi eng boy odamga aylandi. Oktyabr oyida SpaceX va Tesla asoschisining boyligi 252,6 milliard dollarga baholangan. U boyligi 187,6 milliard dollarga baholangan Bernard Arnoni ikkinchi o‘ringa tushirdi.
🔻 Zelenskiy frontga tashrif buyurdi. U Xarkov viloyatiga ish safari chog‘ida Kupyansk-Liman uchastkasida jangovar topshiriqlarni bajarayotgan brigadalar joylashgan joyga kelgan.
🔻 Yevropada ko‘chmas mulk narxi so‘nggi 9 yil ichida birinchi marta keskin ravishda tushdi.