Dunyo xabarlari qisqa satrlarda: Tog‘li Qorabog‘da portlash, Kosovoda ziddiyat, AQShning Ukrainaga yordam shartlari...

🔻 Kecha kechqurun Tog‘li Qorabog‘da avtomobil yo‘li yonidagi yoqilg‘i ombori portladi. Qurbonlar va yaradorlar borligi aytilmoqda.

🔻 O‘zini o‘zi e’lon qilgan Kosovo hukumati mintaqa shimolidagi to‘qnashuvlar natijasida 4 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Maxsus prokuror Abaziga ko‘ra, bu Kosovo politsiyasiga hujum qilganlardan biri. Serbiya prezidenti Vuchich bugun Rossiya elchisi bilan uchrashuvda Kosovodagi voqealarni “shafqatsiz etnik tozalash” deb atadi.

🔻 Armanistonda politsiya erta tongda Yerevanning markaziy xiyobonlaridan biri Arshakunyasni to‘sib qo‘yishga uringan va mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgan muxolifat faollarini hibsga olmoqda.

🔻 Oq uy Kiyevga harbiy yordamni davom ettirish uchun bir qator shartlarni qo‘ydi. Ukrainaga AQShdan harbiy yordam olishda davom etish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar ro‘yxati berilgan. Boshqa narsalar qatorida, Kiyevga "kompaniya va operatorlarning moliyaviy barqarorligini" ta’minlash uchun gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish qat’iy tavsiya etiladi. “Ukrenergo” va “Naftogaz” kompaniyalari kuzatuv kengashini kengaytirish, shuningdek, Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosini kuchaytirish taklif qilinmoqda.

🔻 AQSh Eron Tashqi ishlar vazirligi rahbariga Vashingtonga tashrif buyurishni taqiqladi. Eron TIV rahbari o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasi doirasida Nyu-Yorkda bo‘lgan. Mamlakat OAVning yozishicha, u Eron hukumati amaldorlarining AQShga borishi uchun Amerika tomonidan qo‘yilgan cheklovlardan ozod qilinishini so‘ragan.

🔻 Dronlar orqali Rossiyaning Belgorod viloyatiga ommaviy hujum uyushtirilgan.

🔻 Kichik Qodirov Qur’onga o‘t qo‘ygan odamni ayovsiz kaltaklagan video tarqaldi.

🔻 4 kun ichida Qorabog‘ hududida 105 kishining jasadi topilgan.

🔻 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, amerikaliklar uchun energiya narxini pasaytirish niyatida ekanini aytdi.

🔻 AQSh Senati 2024 yil uchun vaqtinchalik byudjetni qabul qilishga yaqin turibdi. Bu hukumatning 1 oktyabrda yopilishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb xabar beradi Bloomberg.