Dunyodagi aholisi atigi bir kishi bo‘lgan shaharlar
Ha, yer yuzida shunday shaharlar, ularda yashovchi kishilar bor. Quyida ko‘pchilikka g‘ayritabiiydek tuyuladigan shu manzillar va unda yashovchilar haqida hikoya qilamiz.
1. Buford, Vayoming, AQSh
Yolg‘iz yashovchisi: Den Salmon
Buford AQShning Vayoming shtatining, Olbani okrugi, Larima va Shayenn shaharlari o‘rtasidagi 2438 metr balandlikda joylashgan noyuridik uyushma. Shahar Nyu-York va San-Fransiskoni bog‘laydigan magistral yo‘ldagi eng baland aholi punkti hisoblanadi. Uning yakka-yolg‘iz yashovchisi Den Salmon bu yerda farrosh, yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimi, mahalliy do‘kon sotuvchisi va shahar hokimi vazifalarida ishlaydi.
2. Monovi, Nebraska, AQSh
Yolg‘iz yashovchisi: Elsi Eyler
Monovining eng yuqori cho‘qqisi 1930 yillarga to‘g‘ri keladi, o‘sha paytda shaharda 150 kishi istiqomat qilgan. Buyuk tekislikdagi boshqa ko‘plab shaharlar singari Monovi ham aholisi o‘sa boshlagan va yaxshiroq ish taklif qilgan shaharlar tufayli mahalliy aholisini qo‘ldan boy bergan. 2000 yilgi aholini ro‘yxatga olish paytida shaharda faqat 2 kishi - er-xotin Rudi va Elsi Eylerlar yashagan. Janob Eyler 2004 yilda vafot etdi va uning rafiqasi bu yerning yolg‘iz yashovchisiga aylandi. U shahar hokimi vazifasida ishlaydi, spirtli ichimliklar uchun litsenziya beradi va shahar yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish va to‘rtta ko‘cha chiroqlarini davlat tomonidan moliyalashtirish uchun o‘ziga o‘zi soliq to‘laydi.
3. Kess, Yangi Zelandiya
Yolg‘iz yashovchisi: Barri Drammond
Kess shahri Yangi Zelandiya janubidagi Kanterberi mintaqasida joylashgan. 73-davlat avtomagistrali shahardan unchalik uzoq bo‘lmagan joydan o‘tadi va bu dunyodagi aholisi eng kam yashaydigan joylardan biridir. Barri Dramond esa bu qishloqning yagona yashovchisi.
4. Roshfursha, Fransiya
Yagona yashovchisi: Jan-Batist Lyulli
Fransiyaning janubi-sharqiy qismidagi Rona-Alp mintaqasida joylashgan kommunada bitta uy, eski qasr xarobalari o‘rnida qurilgan omborxona va bitta domiy yashovchi - 38 yoshli Jan-Batist Lyulli bor.
5. Bonanza, Yuta shtati, AQSh
Bonanza Kolorado platosi hududida joylashgan bo‘lib, u yerda slanets (tog‘ jinsi) va boshqa yoqilg‘i qazilmalaridan neft olinadi. 2010 yildagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra bu joyda bir kishi istiqomat qiladi.
6. Oyl-Springs, Nyu-York, AQSh
Oyl-Springs – AQShning Nyu-York shahrida joylashgan Seneka hindulari qabilasining rezervatsiya (AQShda va boshqa ba’zi kapitalistik mamlakatning tub joy aholisi zo‘rlik bilan ko‘chirib olib borilgan) qilingan joyi. 2010 yildagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarida u yerda faqat bir tub joylik amerikalik ro‘yxatda turishi aniqlangan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.