«El Mencho» yo‘q qilingach, Meksikada zo‘ravonlik avj oldi
«Yangi avlod Xalisko» karteli rahbari, narkobaron Nemesio Osegera Servantes («El Mencho») yo‘q qilinganidan so‘ng Meksikada zo‘ravonlik avj oldi. Jinoyatchilar mashinalarni yoqmoqda, yo‘llarni to‘smoqda. Voqealar Puerto-Valyartadan Kankungacha davom etmoqda. Xalisko aeroportlari reyslarni vaqtincha to‘xtatdi, xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Armiya va milliy gvardiya kuchlari jalb etilgan.
AQSh hukumati “El Mencho” uchun 15 million dollarlik mukofot e’lon qilgan edi. 2017 yildan boshlab u narkotik moddalar savdosida bir necha bor sirtdan ayblangan, xorijiy terror tashkiloti ro‘yxatiga kiritilgan.
Operatsiya davomida “El Mencho”ning yetti nafar a’zosi nobud qilingan, ikki kishi qo‘lga olingan.
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau “El Mencho”ni «eng qonli va qo‘rqmas narkobaronlardan biri» deb atadi va uning yo‘q qilinishi «Meksika, AQSh va Lotin Amerikasi uchun katta voqea» ekanini ta’kidladi.