Meksikada tutqunlikda saqlangan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda
- 13.12.2022 19:55
- 61
- Xorij
Shu kunlarda qator ommaviy axborot vositalarida Gomes-Palasio shahrida (Meksika) yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi Elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQShdagi elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.
Natijada, diplomatik missiya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar barcha yurtdoshlarimiz qo‘yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan.
Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Barcha fuqarolarimizning shaxsi aniqlangan.
Meksikalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Teglar:
Meksika
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa